Anvar Allambergenov
Berdaq
nomidagi QDU talabasi
Odam
ato zamonidan beri baxtga talpinish, unga intilish baxt qasrini bunyod etish,
baxt ummonida suzish, umuman olganda baxt qurshovida yashash insoniyatning
orzular ro’yxatidagi birinchi pog’onani egallagan. Hammamiz ham baxtli bo’lish
uchun tug’ilamiz, hammamiz ham baxtli bo’lishga haqlimiz. Baxt haqidagi
fikrlarimizni modernistik yo’nalishning peshqadam vakillaridan biri shoira
Go’zal Begimning quyidagi she’ri bilan davom ettiramiz.
***
Kecha baxt qarshisida
Bugun so’l yonida o’tirdim
Ertaga o’ng
yoniga olar meni baxt
G’iyqillab ochilar daraxt eshigi
Dilimdan ushlaydi shabnamnafaslar
Baxt horg’in, judayam horg’in
Tikilib qaraydi shovqingullarga
Bir o’qishda tushinish qiyinday tuyilgan bu misralarni qayta-qayta
o’qish yordamida tub zamirida nima yashirin ekanini anglaysan kishi. “Kecha baxt qarshisida” she’rning
birinchi misrasi shunday boshlanadi, xo’sh,
kecha qachon u kecha, baxt qarshisida qanday baxt qarshisida, hayotga
kelganimizdanoq baxt bizni qarshilayotgan bo’ladi. Unga yo’l topish esa o’zimizning qo’limizda, shunday ekan kecha- biz tug’ilganimizdanoq, baxt qarshisi- baxt mayoq qay tarafdan
qaramaylik u bizning qarshimizdadek emasmi.
“Bugun so’l yoniga olar
meni baxt” Orzu, umid, ishonch, harakat, intilish, izlanishlar
yordamida baxtga yaqinlashyapman. Bugun-bugungi
kunimiz yuqoridagi harakatlarimiz tufayli unga oz bo’lsada yaqinlashdik. “Ertaga o’ng yoniga olar meni baxt” davomiy
kurashlar natijasida, o’ng tomoniga oldi ya’ni o’ng tomoniga o’tdim. Aslida
baxt bizni qarshilamaydi, baxt bizni so’l yoniga ham o’ng yoniga ham
o’tkazmaydi. Hammasi xohish va harakatimizga, intilish va izlanishimizga
bog’liq faqatgina unga eltuvchi yo’lda Allohning sinovlaridan qoqilmasdan,
qoqilsa ham chekinmasdan o’tish lozim.
“G’iyqillab ochilar
daraxt eshigi” bu satrlarni qanday tushinish mumkin, nima ekan-a
u daraxt eshigi, balki shoira baxtni daraxtga qiyoslayotgandir. Shunday bo’lsa
nega endi aynan daraxtga, bunga bir nechta sabablar keltirish mumkin, daraxt
qushlar uchun boshpana, inson uchun jaziramada rohatbaxsh makon, mevalari esa
barchaga birdek ozuqa manbayi. Misraga ham oydinlik kiritib oldik, “G’iyqillab ochilar daraxt (baxt) eshigi” Qiyinchiliklar
va mashaqqatlar evaziga avval so’l keyin o’ng tomoniga o’tgan lirik qahramon
endi baxt vodiysiga keldi.
“Dilimdan ushlaydi
shabnamnafaslar” Shabnam tong elchisi, tong belgisi, nafas esa
hayot. Baxtga erishish natijasida xuddi hayotning yangi sahifasi ochilgandek.
Ko’raylikchi bu fikrlarimizni keyingi satrlar tasdiqlarmikin.
“Baxt horg’in, judayam
horg’in” Bu misralarga sharh sifatida quyidagi fikrlarni aytish
mumkin. Kurashlar natijasida erishilgan
baxt ya’ni biz o’ylagan narsaga erishgandan keyin, oldimizga unga qaraganda
kattaroq narsani maqsad qilib qo’yamiz va harakatimizni jadallashtiramiz, undan
oldin erishganimiz esa yangilik bo’lmay qoladi, natijada bu holat takrori
pog’onama-pog’ona orzularimizning rejalari o’zgarib turishi evaziga baxtni
quvib yuruvchi lirik qahramonning o’zi tasvirlanayotgandir. Balki teskarisi
baxtni shu yo’sinda quvaverib
quvaverib uni charchatib qo’ygan bo’lishimiz ham mumkin. Nima bo’lganda
ham baxtning nega horg’in ekanini fahmlayotgandaymiz. ”Tikilib qaraydi shovqingullarga” baxtga erishish oson emasligini
takror va takror ta’kidlayapmiz. Shovqin + gullar = shovqingullar, shovqin g’alag’ovur,
chalkashlik, gullar nafislik, go’zallik va sokinlik degani, nega endi
shovqingullar, bunda qanday ma’no bor ekan?
Bir amallab
baxtga yetib kelgan lirik qahramonimiz ham bu gullarning shovqinini eshityapti
qarang-a, horg’in baxtga esa gullarning shamolda ohista chayqalishi ham shovqin
bo’lib eshitilyapti. Odatda juda qattiq toliqqan odamdagina yoki o’ta sergak
odamdagina bunday hodisani kuzatishimiz mumkin. So’zimiz yakunida ohorli
bolmasada, o’rinli bir gapni ta’kidlashimiz joiz: bir she’rda o’nta tahlil
bo’lsa o’n birinchi imkoniyat uchun o’rin ochiq qoladi. Go’zal Begimning baxt
haqidagi satrlarini biz shunday tushindik, bu haqda siz nima deya olasiz aziz
zamondosh!