09 февраля 2014

DIQQAT TANLOV!

   «Yosh jurnalistlar klubi» chempionatiga marhamat. Tanlov 4-turdan iborat.
1-tur: 9-23 fevral
2-tur: 24-3 mart
3-tur: 4-10 mart
4-tur: 11-17 mart

   Har bir tur uchun alohida mavzuda maqola va hikoyalar qabul qilinadi. Birinchi bosqich uchun mavzu «Erkin mavzu» bo’lib, klub a’zolari 23-fevralgacha materiallarini klub trenerlariga elektron va qog’oz variantda topshirishlari mumkin.

BAHOLASH TARTIBI:
   Jami 5 ta hakamlar hay’ati a’zolari, ishtirokchilarning materiallarini ko’rib chiqishadi va 20 ballik tizimda baholashadi. Tur ya’kunida 5 ta hakamning qo’ygan baholari qo’shiladi va tur peshqadami aniq bo’ladi. Hakamlar nimalarga e’tibor berishadi.
-         Materialning dolzarbligi
-         Mavzuga mos fotosurat bilan berilishi
-         Muallifning dunyoqarashi, fikrlashi va tahlil qila olishi
-         Mazmunni qay darajada ochib bera olishi

G’OLIBLAR QANDAY ANIQLANADI?
   4-tur davomida ishtirokchilar orasida eng ko’p ball yig’gan ishtirokchi g’olib deb e’lon qilinadi. Shuningdek 2-3 o’rin egalari ham aniqlanadi.

G’OLIBLAR QANDAY TAQDIRLANISHADI.
   G’olib bo’lganlar «Kamolot» YIH tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek «Eng yaxshi maqola» va «Eng yaxshi hikoya» nominatsiyalarida ham g’oliblar aniqlanib, sovg’alarni qo’lga kiritadilar.

   Tanlovga qo’yilgan maqolalar klubning maxsus blogi va Respublikamizdagi gazetalarda e’lon qilinib boriladi. Har bir tur uchun kechikib kelingan materiallar qabul qilinmaydi.

Maqola yoki hikoya yozishga qiziqsangiz unda shoshiling! G’olib bo’lsangiz, sizni kutilmagan sovg’alar kutmoqda!


Комментариев нет: