Abdullayeva Zubayda
QDU Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi.
«Yosh jurnalistlar klubi» a’zosi
Ilk bora bag’ringga qo’yganda qadam,
Qalbimda hayajon jo’shib ketgandi,
Endi hayajonim oqib damba-dam,
Yanoqlarim yuzini yuvib ketyapdi.
Quvonchu shodligim sen bilan o’tdi,
Yoshligim, sho’xligim sen bilan o’tdi.
Eslasam hayollar sen bilan ketdi,
Qaytarmisan talabalik yillarim!
Eh, qaytib kelsaydi yana bir bora,
Senla o’tgan har bir shirin damlarim.
Umrim bahoriga aylanding zora,
Qaytarmisan talabalik yillarim!
Qancha to’siqlarga duch keldik lekin,
Haqiqat yo’lini izladik, topdik,
So’z demoqqa chog’lanmaydi hech kim,
Endi biz ham orzuimizga yetdik.
Qaytsa edi, talabalik yillarim,
Jonimla bag’rimga bosardim uni.
Afsus vaqtni orqaga qaytarib bo’lmas,
Bugun talabalikning eng so’nggi kuni.
Manba: parvoz.blogspot.com
1 комментарий:
eh talabalik, talabalik...
Отправить комментарий