Kecha o’qishga borish uchun yo’l olar
ekanman, ko’chaga chiqishim bilan sirpanib ketdim. Qarasam hammayoq muz.
Zo’rg’a yurardim yo’lda. Ozgina yurgandim, yiqilib ham tushdim. Odamlar oldida
biroz hijolat bo’lgandim. Biroq, har ikki qadamda menga o’xshab yiqiluvchilarga
ko’zim tushardi. Xuddi butun Nukus muzlab qolgandek edi go’yo. O’ylanib qoldim,
huddi muzlik davriga o’xshaydi-ya. Yo’g’-e, ja unchalikmasu, biroq yo’llar
go’yo Figurali uchish maydoniga aylangandek. Kimni qarama muz ustida
sirpanayotgan bo’ladi, yoki menga o’xshab yiqilayotgan. Anchadan buyon bunday
manzarani guvohi bo’lmagandim. Bir amallab o’qishga ham yetib oldim. Darsdan
chiqqanimdan so’ng, uyga otlandim. Muzlar haliyam erimabdi. Odamlar zo’rg’a
yurishibdi. «Kablok» kiyib olgan qizlarga rahmim kelib ketdi. Kelayotganda
qanday manzarani ko’rgan bo’lsam, qaytayotganda ham shunday bo’ldi. Ko’chadagi
har 3-4 ta odamning bittasi sirpanib, yiqilib tushayapti. Yana
bir amallab, huddi ignani ustida yurgandek ehtoyotkorlik bilan uygacha yetib
oldim.
Yusupov
Furqat
QDU
Jurnalistika ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi.
«Yosh
jurnalistlar klubi» treneri
Комментариев нет:
Отправить комментарий