16 января 2014

Globallashuv va internet.

 Nurjanova Hurliman
«Yosh jurnalistlar klubi» treneri
 QDU jurnalistika ta’lim yo’nalishi
 3-bosqish talabasi



“Globallashuv-bu avallo turmush
templarining tengsiz darajada tezlashuvi”
                                                                                               I.Karimov    
   Bugunning boshlanishi kechagi kunning xulosasi, va ertangi kunning rejalari  bilan bog’liqdir.    
Demak har qanday jamiyat rivojlanishi bu bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oladi. Masalan, tarixdan ma’lum:
- Xo’jalik davr(qadimiiy davrdan XVIII asr so’ngi)
-Industrial davr (XVIII asr so’ngi XX asr o’rtalari)    
-Post industrial davr XX asrdan yani bugungi kunimiz. Bugungi davrda eng kuchli boylik g’oya hisoblanadi. G’oya qanday shakillanish mumkin albatta, turli axboratlar orqali . Nemis siyosatshunoslarining fikricha “…Muhim axboratga egalik qilish hukimron bo’lishi demakdir, muhim axboratni muhim bo’lmagan axboratdan ajirata bilish esa yanada ko’piroq hokimiyatga ega bo’lishdir, o’z talqinimizdagi muhim axboratni tarqatish imkoniyatiga ega bo’lish mutloq hukmronlik alomatidir”
   Biz axborot  texnologiya asrida yashamoqdamiz. Davrning axbototga degan talabi kuchli. Shu o’rinda tabiyiy savol paydo bo’ladi, bu albatta bugun ritorik savolga aylanmoqda.
Savol, axborotning rivojlanishida eng asosiy faktor bu?
Agar ovozga qo’yib aniqlagan holatta ham javoblarning 99% ni internet javobi tashkil etadi.  XV asrda bosma stanok, XX asrga kelib zangari ekran tufoni yangilikka aylangan edi.
XXI asrga kelib dunyo chegaralarini ochishdek qudratga ega bo’lgan internetning kirib kelishi bu katta imkoniyatilar eshigini ochdi. Natijada “globallashuv” degan termin so’zni tilimizga qo’shdi. Bu haqida  prizidentimiz I.Karimov “Yuksak madaniyat yengilmas kuch” asarida “Globallashuv jaroyani turmushimizga borgan sari tez va jadal tarzda kirib kelayotganligining  asosiy faktori va sababi bo’yicha aytganda, shuni obiektiv tan olish kerak-bugungi kuni har qanday mamlakatning progressi va rivoshlanishi faqat yaqin va uzoq qo’shnilarga emas, jahon hajmida boshqa region va hududlar bilan shunday zich bog’lanib bormoqda, birdan-bir mamlakatning bu jaroyandan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”
Globallashuv xaliqlarning iqtisodiyoti, manaviyati xalqlar orasidagi o’z-aro bog’lanishni kuchaytirish va bir holatga tenglashishi.  Demak,  bu iqtisodiyot madaniyat, manaviyat kabi turli sohalarining tenglasishi albatta bir-biriga tasir etmay qolmaydi.  Tanganing ikki tarafi bor deganlaridek axborot sohasida ham globallashuv ijobiy va salbiy taraflarga ega.
OAV tizimi misolida fikr yuritsak, internetga material joylashtirgan muallif jamiyatlik fikrni qay darajada uyg’ota oldi, kim qanday qabul qilganligini shu zahoti internettagi sharhlar orqali bilishi mumkin. Hozirgi davrda internet gazetalar ham mavjud Gazeta.uz, interfutbol.uz va bosma gazetalarning shaxsiy saytlari mavjud.  Saytlar  orqali bir soat hattoki 10 daqiqa oldin bo’lib o’tgan voqeani bilish yoki bir joyda o’tirib materalimizni tegishli saytlarga joylashtira olishning ahamiyatli tarafi bu operativligidir. Inernetning oudutoriyasi sheklanmagan dunyo fikrni uyg’ota oladigan materialga okeanning narigi  tarafidagi o’quvchi yoki kuzatuvchi fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega.
  2007-yil 15-yanvardan qanun asosida OAV sifatida internet saytlarni ro’yxatdan o’tkazish  boshlandi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 200 dan ortiq web saytlar davlat tizimidan o’tgan. Bu albatta oz sonni tashkil qiladi.
Tanganing ikkinchi tarafiga nazar tashlasak boshqa turli “zamonaviy” saytlar ham mavjud.  Internetga sepilgan urug’ hosiliga har kim har xil fikr bildiradi, har xil hazm qiladi.
Saytlarga materiallarni gazeta yoki jurnal tahriytati darajasida tahrir qilinmay joylashtiriladi. Natijada turli g’oyalarni o’zida jalb qilgan materiallar jamiyatga  ta’sis etiladi.
Har bir sayt administratorlari saytga joylashtiriloyatgan materillarni, ijodiyotlarni tahrir qila olish, tuzatishdek qobiliyatga ega bo’lish kerak. Bu axborat sohasida milliy xavfli ishlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega. 
O’zbekiston xalq yozuvchisi O’ Hoshimov “Globallashuv butun dunyoda  ro’y berayotgan ortga qaytmaydigan jarayon. Boshqa mamlakatar qatori biz uchun ham benihoya zaruriy bag’oyat foydali jarayon  lekin u bir yoqlama bo’lmasligi kerak. Globallashuv milliy uzlikni yo’qatish degani emas” deb ta’kidlab o’tadi.
   Demak biz bir yoqlama o’ylamay internetdagi har bir materialni ongimizda elakdan o’tkazishimiz (filtr) kerak.
    Xulosa qilib aytganimizda internet shaxmat kabi oq va qora katakchalardan tashkil topgan. Undagi toshlarni kim qay tarafga yurishi va g’oliblikni qo’lga kiritish uchun aql va mantiqga suyanch talab qilinadi.
  OAV tizimi web saytlari qatorida yananda manaviy boylik qazinasini to’ldiradigan saytlar yaratishni va ezgu g’oyani maqsad qilgan materiallar joylashtirilsa biz fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi  ma’rifat bilan kurashgan bo’lamiz. Bu esa O’zbekiston internet saytlarining jahon media makonida o’rnini topish yo’lida haqiqiy maktab vazifasini o’taydi.

parvoz.blogspot.com

Комментариев нет: