16 июня 2014

Go’zal Begim ijodida ong va tuyg`u yaxlitlashuvi



Anvar Allamberganov
QDU Filologiya fakulteti
4-bosqich talabasi     


      “Har kim o‘z ehtiyoji yonida yashaydi ” deydi mavlono Rumiy, Go‘zal Begim she’rlarini o‘qib har kim o‘z saviyasi darajasida nimadir olishi mumkin. Shoiraning she’rlari shunchaki dam olish uchun o‘qilmaydi, uning she’rlaridan  izlagan narsamizni topishimiz mumkin masalan e’tibor qilaylik:

                              Boshimga tushyotgan qora kunlarda
                              Oppoq isming bilan yashadim
                              Chayqaladi ko‘zim qiblasi1.

Bu jumlalar ayol kishining tilidan yozilganini inobatga oladigan bo‘lsak bizning nazdimizda aldangan ayol yoki beva ayol  qismati yoritilayotganday.  “Boshimga tushayotgan qora kunlarda”  nega endi qora kun ayol kishining boshiga kamdan kam hollarda qora kun tushmaydimi axir ayniqsa bizning musulmonchiligimizda, o‘zbekchiligimizda  yozilgan va yozilmagan qonun qoidalarga ko‘ra ayollar asrab avaylansa muqaddas xilqat sifatida qaralsa. Ayollar bolaligidan to voyaga yetib turmushga chiqqunlariga qadar otasining, aka ukalarining  qaramog‘ida, himoyasida, nazoratida bo‘ladi, turmushga chiqqandan keyin esa erining mahrami sifatida uning ixtiyorida bo‘lmaydimi. Erkakning vazifasi esa oilani zoriqtirmasdan oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan ham qiyinchiliklardan yiroq  tutish-ku aslida.  Ayol eridan ayrildi, (balkim eri vafot etgan, balkim tashlab ketgan) yolg‘iz  odamga qiyin, u oldin ham bu qiyinchiligu mashaqqatlarni ko‘rib yurgan bo‘lishi mumkin ehtimol, lekin yolg‘izlikda bir aldanish o‘n, o‘n qiyinchilik yuz bo‘lib tuyilishi mumkin. Agar u o‘ta darajada qiyinchiliklar girdobida qolib ketmasada u baribir yolg‘iz (beva),  shoira  buni  obrazli  tarzda  “qora kunlar”   deb  ta’kidlaydi.
       Keyingi satrda esa shunday  “Oppoq isming bilan yashadim”  deya ta’kidlanadi, “qora kunlar”, “oppoq ism” zid ma’noli so‘zlardan foydalangan holda chiroyli o‘xshatish. Bizda oqlik poklik, halollik, beg‘uborlik ramzi sanaladi bu satr orqali  biz taxminlarimizga yana bir karra ishonch hosil qilamiz. Beva ayol boshiga qanday mushkulot tushmasin o‘zining  nomusini, orini, har qanday sharoitda ham umr yo‘ldoshiga bo‘lgan sadoqatini (hatto u olamdan o‘tgan bo‘lsa ham) hech qachon yo‘qotmaydi. Uning xayoli bilan yashaydi, uning xotirasi bilan yashaydi. Bizning sharq mentalitetimizda ham aynan shunday aslida   “chayqaldi  ko‘zimning qiblasi” qachon ko‘zning qiblasi chayqaladi, qachonki inson ko‘zlariga yosh olsa, qachon ko‘ziga yosh oladi, qachonki qattiq iztirobga tushsa yoki qattiq qiynalsa (bularning aksi ham bo‘lishi mumkin). Qiyinchiliklar, azob-u uqubatlar, xotiralar natijasida yoshlangan ko‘zlar chayqalyapti yuqoridagi qatorlardan shunday ma’noni topishimiz mumkin. Bu yerdagi satrlar ong va tuyg‘uning, yurak va aqlning   mutanosibligi emasmi?! Yurak sevadi shuning uchun ayol yolg‘iz o‘tishga qaror qiladi. Aql esa undan qolgan bolalarning begona birovlarning qo‘lida  o‘gaylarcha  katta bo‘lishini istamagan holda   yolg‘iz o‘tishga qaror qiladi. “Modern  adabiyotda  odamning   ichki olami birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Asardagi barcha narsa: ramzlar, voqealar tasviri, so‘zlar, musiqiylik faqat odam ruhiyatini ochishga qaratilishi  kerak degan qarash bu yo‘nalish vakillari  tayanadigan bosh tamoyildir. Ijodkorning shaxsiy kechinmalarga tayanib, uni o‘ta shaxsiy yo‘sinda ifoda etgani uchun ham modern  she’riyat ommaviy bo‘la olmaydi, buni u hech qachon da’vo ham qilmaydi. Modern adabiyotning qahramonlari  voqea jarayonida emas, mushohada, kechinma asnosida  ko‘rsatiladi. Xuddi shu jihatdan ham modern she’riyat namunalarining ommalashishiga yo‘l qo‘ymaydi”1, – yozadi tadqiqotchi M. Yo‘ldosheva. Darhaqiqat, badiiy tasvir teranlashuvi va inson ruhiyati qatlamlarini nozikroq idrok etish malakasi oddiylikni hazm qilolmaydi. Zotan, tajriba va an'ana sintezi mohiyat chuqurlashuviga keng yo‘l ochadi.

                                         O‘ylarimga oq tushdi
                                         Tunlar g‘ichirlab tinmas
                                         Xayolim – pechakgul
                                         Chirmashar oyog‘ingga
                                         Shudringlarning labida
                                        Lablarimning og‘ringan  izi1.

           Bu  misralarni  ham diqqat  bilan  kuzatsak  ong  va   tuyg‘u  yaxlitlashuv  taomillarini kuzatishimiz mumkin.  Oldingi  she’rga  mazmunan  yaqin  bo‘lgan  bu  satrlarda ham  yolg‘iz  ayol  tasvirini   yoritib  berilayotganday.  “O‘ylariga oq tushgan,  tunlar  g‘ichirlab  tinmas” sharhlanishi  biroz  qiyinday  tuyilgan misralar,  xuddiki  ma’lum  bir  parolni  terish  yordamidagina  uning  tag  ma’nosini  bilish  mumkinday.   Nimaga  oq  tushishi mumkin? Inson  sochlariga, nima  uchun  oq  tutadi?   Yoshi  o‘tishi,  qarishi  natijasida,  qiyinchiligu  g‘am tashvishlar  ham  sochlarni  anchagina  oqartirishi  tabiiy.  “tunlar  g‘ichirlab tinmas”  uyqusiz  bexalovat  (azobli bo‘lishi ham mumkin) o‘ylar  girdobida o‘tkazish  deb  tushunsak  bu  satrlarni, keyingi  satrlar  “Xayolim – pechakgul chirmashar oyog‘ingga” o‘ylaru  xayollar  iskanjasida  qolgan  lirik  qahramon  oshig‘ining  oyoqlariga  pechakday  chirmashishni  xayol  qilyapti  buning  sababi yolg‘izlik. “shudringning  labida  lablarimning  og‘rigan  izi” lirik  qahramonimiz tunda  oqargan  sochlari  ila  xayollarga  berilib  o‘tirgani  yo‘qmidi,  shudring  esa tongi  hodisa,  o‘ylashimiz  mumkin  tong  otgandan  so‘ng  qahramonimiz  lablarini  shudringa  bosgandir.  Balki  shunday  ham  bo‘lgandir  lekin  boshqacha ham  bo‘lishi  mumkinku  axir, shudringlar  ko‘z  yoshlari  ular  ko‘zlardan  asta oqib  qahramonning  lablariga  tegyapti  va  dard shu  qadar  kuchliligidan dardmand  lablar shudringlarda  ham  o‘z  izlarini qoldirib  ulgirishyapti



1 Go’zal Begim. Majnunsoat  -T: Akademnashr  2012. –B  12
1 Yo’ldosheva M. Yangilanishlar manguligi –T: Adib, 2011. –B 16-17.
1Go’zal Begim Majnunsoat –T: Akademnashr  -B  24

Комментариев нет: