30 января 2014

NUKUSDAGI FIGURALI UCHISH


   Kecha o’qishga borish uchun yo’l olar ekanman, ko’chaga chiqishim bilan sirpanib ketdim. Qarasam hammayoq muz. Zo’rg’a yurardim yo’lda. Ozgina yurgandim, yiqilib ham tushdim. Odamlar oldida biroz hijolat bo’lgandim. Biroq, har ikki qadamda menga o’xshab yiqiluvchilarga ko’zim tushardi. Xuddi butun Nukus muzlab qolgandek edi go’yo. O’ylanib qoldim, huddi muzlik davriga o’xshaydi-ya. Yo’g’-e, ja unchalikmasu, biroq yo’llar go’yo Figurali uchish maydoniga aylangandek. Kimni qarama muz ustida sirpanayotgan bo’ladi, yoki menga o’xshab yiqilayotgan. Anchadan buyon bunday manzarani guvohi bo’lmagandim. Bir amallab o’qishga ham yetib oldim. Darsdan chiqqanimdan so’ng, uyga otlandim. Muzlar haliyam erimabdi. Odamlar zo’rg’a yurishibdi. «Kablok» kiyib olgan qizlarga rahmim kelib ketdi. Kelayotganda qanday manzarani ko’rgan bo’lsam, qaytayotganda ham shunday bo’ldi. Ko’chadagi har 3-4 ta odamning bittasi sirpanib, yiqilib tushayapti. Yana bir amallab, huddi ignani ustida yurgandek ehtoyotkorlik bilan uygacha yetib oldim.

Yusupov Furqat
QDU Jurnalistika ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi.

«Yosh jurnalistlar klubi» treneri

AGENTTEGI ASHIG’IM

Ha’wes qilip dostima,
Men de pochta ashtirdim,
Esitip ko’p ta’riypin,
Agent degen da’stu’rdin’.

Jaylastirdim fotoma,
Suliw qizdin’ su’wretin,
O’z fotomdi qoyiwg’a,
Suliw emes kelbetim.

Drujba taslap jigitler,
Tanisqisi keledi,
Su’wrettegi suliw qiz,
Men dep oylap ju’redi.

Men de sada emespen,
Saylap xabarlasaman,
Unamasa fotosi,
Da’rhal «ignor» qilaman.

Sonin’ menen pochtamda,
Adam qaldi ko’beyip,
Jigitler bilay jazadi:
«Kel, ushrasip ko’reyik?»

Ishindegi en’ «kelisken»
Jigitke boldim irazi,
Menin’ menen ko’risiwge,
A’rmanda ju’r birazi….

Son’, «kelisken» jigitim,
SMS jazdi «janim» dep,
«Bir ushrasip ko’reyik,
Dim unatip qaldim» dep

Wa’delesken waqitta,
Ko’risiwge bardim men,
Ol jigitti ushiratip,
Qatti hayran qaldim, men.

Bilsem, meni aldapti,
Fotodag’i ol emes,
Bir turpayi kelip tur,
Suliw jigit ko’rinbes.

Meni ko’rip, ol  da hayran,
Suliw qizdi izledi,
Haqiyqatti bilgennen son’,
«Xosh bol u’mit u’z»- dedi

Ko’p waqittan berli, endi,
Basilmaydi ashiwim,
Meni «ignor» qilip ketti,
Agenttegi ashig’im.

Xudaynazarova Bibisara
QMU jurnalistika qaniygeligi II-kurs  studenti
 «Jas jurnalistler klubi» a’g’zasi
Manba: parvoz.blogspot.com

Умит ушкыны (монолог)

Кешир…
Сени тиныш коялмайман,
Бунын хеште илажы жок,
Мен баскасын суйе алмайман,
Журекте баскака орын жок,
Сени сагындым…
Козлеримде молдир жас,
Хеш тыйылмас,
Кутемен, бул омирде,
Хеш ким журеке буйрык бере алмас.
Неге…
Неге бул сорлы журек ,
Тек сени суйеди, тек сени,
Журекке комемен сенин атынды,
Енди он хеш ким биле алмас.
Журегимди бир соз гана жубатады,
Ол Умит!,
Умит ушкыны,
Танларым сол ушкын менен атады,
Куяшым сол ушкын менен батады,
Журектеги бул ушкн хасла сонбейди,
Себеби журегим айрылыкка сира конбейди,
Дунияда бир хакыйкат бар,
Мен сени суйемен!
Мухаббатым шын,
Сен буган бийпарык болма,
Маган исен!
Гуманланба дым.

Туримбаева Мийргул
ҚМУ Филология факултети I-курс студенти
«Жас журналистлер клуби» ағзаси
Maнбa: parvoz.blogspot.com


21 января 2014

ERTALAB YOG'GAN QOR...

   Bugun ertalab uyg’onib, derazaga ko’zim tushar ekan, hammayoq oppoqligini ko’rdim. Qor yog’ibdi. To’g’risi na xursand bo’lishni, na xafa bo’lishni bildim. Qor yog’gani yaxshi albatta. Lekin shu qor yo’lga yog’masadaaa. Qor yog’ganida eng katta muammo bu transport masalasi. O’qish 13:00 da boshlanishi bois har kuni uydan 12:30 larda chiqardim. Biroq bugun bu odatimdan voz kechib 12:00 da sumkamni qo’lga olib, yo’lga otlandim. Bozorda «stayanka»da 20 minutcha mashina kutdim. Oxiri bitta Gazel keldi. Odam ko’pligidan minishga navbat ko’p edi. Zo’rg’a mashinaga chiqqandim, o’tiradigan bo’sh o’rin yo’q. Keyingi keladigan transportni kutadigan bo’lsam, darsga kech qolishim aniq. Na iloj, minishga majbur bo’ldim. 16 o’rinli transportga 25 odamday mindik shekilli. Gazelda tik turgan holda ketar ekanman, manzilga yetaman deguncha ketgan 15 daqiqa 15 yilday bo’lib tuyuldi go’yo. Bo’ynim qiyshayib qolgan bo’lsa kerak deb o’ylagandim. Yo’q, xudoga shukrki unaqa bo’lmabdi. Qani endi menga qolganida shu qor faqat dam olish kunlari yog’sa edi degan hayolga borgandim. Yo’q, yo’q ko’chada o’nlab bolalarning xursand holda qorbo’ron o’ynayotganini ko’rib, fikrimdan qaytdim. Qor yog’ganiga shukr. Axir qanchadan qancha ellarda qor yog’ishi tarixiy hodisa sanalayotgan bir paytda, bizda qor har yili bir necha marotaba yog’adi. Yog’ayotgan qor qanchadan qancha odamlarga quvonch keltirganda, transportda 15 daqiqa tik turib, bo’ynim qiyshayib kelsa nima bo’libdi? Bemalol yog’aver oppoq qor.

Yusupov Furqat
QDU jurnalistika ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi
«Yosh jurnalistlar klubi» terneri 
furqatyusupov.blogspot.com blogidan olindi

20 января 2014

BES SORAWG'A BES JUWAP

Nurjanova Xurliman
QDU Qoraqalpoq filologiyasi fakulteti, jurnalistika talim yonalishi 3-kurs talabasi.
«Yosh jurnalistlar klubi» treneri      
                                                                       Жаксы кызга жаман кыз,
                                          Топлау менен тен болар,
Жаксы кызга жаман кыз,
                                                                         Багы менен тен болар.
(Нақыл)
  1 . Кыз бала қандай ўакытта ел халқынын гүли бола алады?” 
     Халқымызда қызларды жер бетине өзгеше  сән  бериўши гүллерге мегзейди.  Сонлыктанда “Гул өссе жердин, кыз өссе елдин корки ”-деп бийкар айтылмаған    Яғный олар  өз ийбелиги  шеберлиги  таланты, әдеп-икрамы билими менен өз журтының  аброй  мәртебесин тек ғана жақсы ислери менен қорғай алса ғана, елиниң гүли бола алады.                                                                                                  Жәмийетимизде      мине   усындай     жақсы пазийлетлери менен  үлги болатын ҳайал қызларымыздың белсендилиги артпакта.  Олар маденият ,илим спорт хам басқада тарауларда оз талант шеберликлерин қөрсетипекте.
    2. Бес бармақ бирдей ме?  Лекин…….   “Бес бармақ бирдей емес”  дегениндей олар сөйлеў мәденияты тәрбиялығы менен бир-биринен парқ кылады. Биз турмыста харкыйлы инсанларға дус келемиз. Кала кошелерде ҳәттеки жамийетлик орынларда сондай кызларға гезлесемиз оларда қыз балаға тән ийбеликтиң жоғалганын сеземиз.  Жолларда бакырып сойлеўлери, жаргон созлерди айтып озин тутыўлары хаттеки харкыйлы кеўил ашар орынларда (кафе ресторан)олкогол ишимликлер ишип мәс халда журген кызларга карап хакийкаты жеркениш сезими пайда болары анык.                                                                                                                    
    3. Жуўырып жүрип суўретке түсиў шәрт пе?  .                                                                                                                    Усыны да айтып отиў лазым бүгинги эстрада жулдызлары тәрепинен өткерилип атырған концерт бағдарламаларда “заманагой кызларымыз”   эстрада жулдызлары саҳнада қосық айтып атырған ўақытта излеринен жуўырып жүрип суўретлерге тусип,  касына барып ҳәттеки қорықшыларды да тыңламастан унамсыз түрде ойнап атырғанын  қөрип «танланасан!».
       4 «Кане бизин халкымыз кызларына тан ийбелик адеп-икрамлылык? Жоқарыда айтып өткенимиздей «Бес бармак бирдей емес» болмағаны менен булар бәри бир алақанда жайласкан.    Cолай екен әлбетте булар бир-бирине тәсир етпей қалмайды.    Пайтахтымызда откерилип атырған жеке концертлердиң биринде жас қосықшы жигитке таласып урысып қопалырақ қылып айтканда төбелесип атырған кызларымызды қөрип усындай сораўлар пайда болады. 
        Биз бул пикирлеримиз бенен барлық қызларды айыпламақшы емеспиз дурыс олар сол қосықшыларымыздың ықласбентлери болыўы мумкин деген менен жамийетлик орынларда өзин тута алмай унамсыз харекетлер ислеп төбелесиўлер бул мәдениятсызлықтан  дерек береди.
        Пикирим жуўмағында сол нәрсени айтып өтким келеди ягный  Тумарис, Қырық қыз урпақлары дегенде бәрше халықлардың  қөз алдына тәрбиялы ақыллы өнерли мәрт ҳәм әлбетте мәдениятлы қызларымызды келтирсин!
     Буның ушын ҳәр биримиз тек ғана жаксы тәреплеримиз бенен ғана үлги болайық әзиз заманласлар!
5 Сиз не дейсиз???
Manba: parvoz.blogspot.com

TO’YLAR MUBORAK!

Yusupov Furqat
QDU Qoraqalpoq filologiyasi fakulteti, jurnalistika t'alim yo'nalishi 3-kurs talabasi.
«Yosh jurnalistlar klubi» terneri 
 
 
 
 
 
 
Krishtianu Ronaldu va Irina Sheyk uzoq kutgan kun - nikoh to'yi sanasi ham yetib keldi. To'yxona kazo-kazo mehmonlar bilan liq to'lgan. Martabali mehmonlar orasida butun boshli «Real» a'zolari, shuningdek, Krishtianu bilan «MYU» va «Sporting» klublarida o'ynagan futbolchilar, ser Aleks Fergyusson, Luis Felipe Skolari kabi zamonamizning buyuk murabbiylarini ko'rish mumkin. Bir tomonda model Irina Sheykning mashhurlik bobida futbolchilardan sira qolishmaydigan hamkasblariyu, shou-biznes yulduzlari saf tortib turishibdi: Naomi Kempbell, Nikol Kidman, Britni Spirs, Enrike Iglesais, Anjelina Joli, Bred Pitt... Qo'yingki, moda, kino va estrada olamining eng sara namoyandalari jam bo'lishgan. Qolaversa, bir qator mashhur sportchilar (albatta boshqa turlar bo'yicha), kelin-kuyovning do'stlari, yaqinlari yig'ilishgan. Qisqasi, bazmga 1000 nafardan ziyod martabali mehmonlar taklif etilganining o'zi to'yning naqadar ahamiyatli voqeylik ekanligidan dalolat berib turibdi.
   Nihoyat kelin-kuyov davraga «We are the Champions» taronasi sadolari ostida kirib kelishdi. Mehmonlar futbolga mos ravishda 1-4-4-2 taktik sxemasi bo'yicha joy olishgan. Marosim sababchilarining o'ng tomonida kuyovjo'ralar, chap tomonida ne-ne hurliqo go'zallar. Markaz esa murabbiylar shtabi a'zolari, taniqli san'atkorlar va boshqa sportchilar bilan band. To'yxonaning to'ri tabiiyki, Krishtianu va Irinaning eng yaqin qarindoshlari, qo'ni-qo'shnilariyu, do'stlariga ajratilgan. Sahna ajoyib tarzda bezatilgan. Ya'ni har bir estrada yulduzi maroq bilan kuylashi mumkin. Qarangki, davrakashlik mashhur hakam Xovard Uebb zimmasiga yuklatildi. U marosimni tabrik so'zi bilan ochar ekan, darrov o'z ishini qildi: to'yxonaga shirakayf bo'lib kelgan va to's-to'polon ko'tarayotgan Pepeni qizil kartochka yordamida sahnadan chetlashtirdi. Bu narsa Joze Mourinoga sira yoqmadi, shekilli, u suxandonga qarata ikki qo'lini kishanlangan xolatda ko'rsatdi. Portugaliyalik bu bilan Uebbning qamalib ketishiga sha'ma qildi, go'yo...
   Xerard Pike tabiiyki, to'yga mahbubasi - Shakira hamrohligida kelgan. Ko'p o'tmay kolumbiyalik shaddod xonanda mikrofonni qo'lga olib, «Waka-waka»ni kuylay boshladi. U bu bilan barchani raqsga taklif etganday bo'ldi. Yig'ilganlar xursand, raqs ayni avj pallasida. Biroq Mesut Ozilning g'ashi keldi, chog'i, turkcha lezginkaga buyurtma berib, Nuri Shaxin va Xamit Oltintopga master-klass ko'rsatishga tushdi. Ozilning harakatlaridan ruhlangan Marselo va Kaka brazilcha sambani ko'z-ko'z qilishdi.. Keyin navbat ispanlarga yetib keldi. Iker Kasilyas, Serxio Ramos, Xabi Alonso, Alvaro Arbeloa davrani to'ldirib, ispancha musiqaga yayrab raqs tushishdiki, atrofni chang bosib ketdi. Messi, Pike, Inesta, Runi, Nani, Giggz, Skoulz kabi martabali mehmonlar esa raqqosalar bilan sokin musiqaga hamohang harakatlanishni ma'qul topishdi. Ser Fergi hotamtoy ekan, qistir-qistirni o'z o'rniga qo'ydi. Arsen Venger esa sal qurumsoqroq chiqdi: u raqqosalarga dollar yoki evro emas, balki yapon ienasini qistirdi.
   Britni Spirs qo'shiq kuylay boshlaganida, Karim Benzemaga birdaniga jon kirdi. U o'rnidan turib, hattoki, maydonda bajarmaydigan driblinglarini ko'rsatdi. Bir tomonda salto otayotgan Naniga hech kim parvo qilmadi. Hammaning ko'zi Karimda. Frantsuz hujumchisi individual salohiyatini ishga solib, bir, ikki, uch, to'rt... go'zalning orasidan mohirona o'tdi va Pikening qallig'i Shakira bilan yakkama-yakka yuz foizli xavfli vaziyatga chiqdi. Bu vaqtda Pike ulgurolmay qolgandi, biroq Karim xonandaning belidan endi quchay deganida, suxandon - Xovard Uebb qo'llarini yuqoriga ko'targancha oraga suqildi: hujumchi o'yindan tashqari holatda qolgandi...
   Shundan so'ng navbat Pelega berildi. Futbol qiroli bir-biridan qiziqarli «cho'pchaklar» aytib, yig'ilganlarni rosa kuldirayotgan ediki, Maradonaning asabi buzilib, ichi «qora»lik qilib, sahnaga otildi. Ana endi ko'ring tomoshani. Pele bilan Maradona bexosdan askiya-payrov ayta boshlashdi. mehmonlar ikki yulduzning aytishuvini rosa miriqib tomosha qilishdi-da o'ziyam. Nihoyat sahnaga kelinning hamyurti Maksim taklif etildi. Uning «Moy ray» qo'shig'idan ilhomlangan kelin-kuyov valsga tushishdi. Navbat Enrike Iglesaisga kelgach, ya'ni u qo'shiq kuylay boshlaganida, janjal ko'tarildi. Leo Messining birdaniga 5-6 hurliqo bilan raqs tushayotganini ko'rolmagan Marselo uning ortidan kelib, nogahon oyoqlariga tepdi. Oqibatda Serxio Ramos va Karles Puyol o'rtasida dahanaki jangga asos tug'ildi. Xayriyatki, hammasini kuzatib turgan suxandon janjalni o'z vaqtida bosdi-bosdi qildi. Ingliz hakami qo'riqchilarga ishora qilgan holda ikkinchi marta shunday holat yuzaga kelsa, aybdorlarni to'yxonadan chetlatishini aytdi. Shu kuyi 3-4 daqiqadan so'ng hamma tinchlandi. Marosim yakunlanib borayotgan pallada esa Uebb yana 30 daqiqa qo'shimcha vaqt belgiladi va sahnaga kuyovto'ra Ronaldu hamda mehmon - Messini chorladi. Ular dabdurustdan «Kim kuchli?» degan aytishuvni boshlab yuborishdi. Leo kuyovning hurmatini joyiga qo'yib, «Ronaldu kuchli», - deya kuylaganida, mehmonlar uning jentlmenlik xislatiga qoyil qolib, qarsaklarini ayshmadi.
   Xullas, to'ymisan to'y bo'ldi-da o'ziyam. Nima derdik, biz ham Krishtianu va Irinaga shirin turmush tilaymiz va Joze Mourino ta'kidlaganidek, kelasi yili shu kunlarda beshik to'yini kutib qolamiz. Aytgancha, beshik to'yi translyatsiyasini ham to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatish, yo'g'e, yozib borishni rejalashtirayapmiz. Hozircha xayr, omon bo'linlar, Azizlar...

P.S: Bu shunchaki fantaziya edi.
 
furqatyusupov.blogspot.com blogidan olindi.

19 января 2014

TALABALIK YILLARIM

Abdullayeva Zubayda
QDU Filologiya fakulteti 4-kurs talabasi.
«Yosh jurnalistlar klubi» a’zosi

Ilk bora bag’ringga qo’yganda qadam,
Qalbimda hayajon jo’shib ketgandi,
Endi hayajonim oqib damba-dam,
Yanoqlarim yuzini yuvib ketyapdi.

Quvonchu shodligim sen bilan o’tdi,
Yoshligim, sho’xligim sen bilan o’tdi.
Eslasam hayollar sen bilan ketdi,
Qaytarmisan talabalik yillarim!

Eh, qaytib kelsaydi yana bir bora,
Senla o’tgan har bir shirin damlarim.
Umrim bahoriga aylanding zora,
Qaytarmisan talabalik yillarim!

Qancha to’siqlarga duch keldik lekin,
Haqiqat yo’lini izladik, topdik,
So’z demoqqa chog’lanmaydi hech kim,
Endi biz ham orzuimizga yetdik.

Qaytsa edi, talabalik yillarim,
Jonimla bag’rimga bosardim uni.
Afsus vaqtni orqaga qaytarib bo’lmas,
Bugun talabalikning eng so’nggi kuni.

Manba: parvoz.blogspot.com

SHPOR HAM ILMIY ISH

Sultanova Zulhumor
QDU Qoraqalpoq filologiyasi fakulteti, Jurnalistika t’alim yo’nalishi 3-kurs talabasi

Talabalik oltin davrim,
Endi bo’lmas also g’amim,
Yurakda qolmadi kamim,
Mana mening sehirli sozim.

   Ma’lumki, talabalik davri o’ziga xos eng bir qiziqli voqealarga to’la davr. Talaba kim? U dono, u qiziquvchan, u berparvo, u isrofchi, u tejamkor, u hushyor.
   Inson o’zining eng baxtli onlarim, oltinga teng damlarim – talabalik vaqtlarim deb hisoblaydi. Albatta, bu bejizga emas. Talabalik besamar ketmas.
   Qishki sessiya yaqinlashyapti. Har bir talaba ilmiy ish ustida – degan xabarlar kelmoqda. Ustozlarimdan biri qaysidir olimdan eshitgan gapini bizga ham aytib berdilar – SHPOR ham bir ilmiy ish ekan. Shporlarning turlari juda xilma xil, xar bir talabaning ishni yangi kashfiyotga teng. Misol uchun ko’plab talabalar SHPOR bilan imtihonga kiradi. Shpor tayyorlash uchun esa kechalari uhlamay tayyorlanadi. Ahir imtihondan yahshi o’tish kerakda. Shunday qilib dars davomida o’zlashtirilmagan darslarni o’qiydi. Ustozi o’rgatganlariga amal qilmagani uchun afsuslanadi. «Endi o’qish boshlangandan o’qiyman» deb ahd qiladi. Chaqirilganda ham kelmagan talabalar endi ustozini o’tadigan ko’chasigacha bormoqdalar. Juda qiziq-a? Belni mahkam boyla talaba…!
   Imtihonga kirganda yuraklarda hayajon. Ustoz ko’zi boshqa joyga tushsa qo’llar stol tagida, biron joyga chiqsa etiklardagi shporlarga navbat keladi. Qish juda yaxshi fasl ekanda, ayniqsa talabaga. Birinchi imtihondan keyin yana tayyorgarlik. Kechasi uyqu yo’q, kunduzi tinim. Soat 18 gacha kutubhonada. Yalinib yolvorib kitob izlaydi.
   Darslar o’zlashtirildi, tayyor imtihonga. O’qidi, izlandi, berilib butkul. Qo’liga olmadi hattoki telefon. Agent qoldi bir taraf, imtihon asosiy sabab. Kitoblar tushmas qo’ldan, hech bo’lmaganda yostiq tagidan kirib qolsa zora kallaga. Yasha talaba, o’qish shunday bo’ptida. Bilgan sari bilgisi kelar, o’qigan sari o’qigisi kelar, o’rganganin juda kam bilar, mana haqiqiy talaba.
   Darsda hech tinch o’tirmas edi. Kafe, barlarda yaxshi yurardi. Endi imtihon bo’lur armon. Ota-onasin eslasa har on. Imtihondan yiqilsa bo’ladi vayron. Yana-yana tayyorgarlik, o’qish-o’qish kerak va yana o’qish. Imtihonlar yaxshi o’tdi. Talaba beshlikka ildi. Ertasiga yana dars. Talaba aytar tura tursin bir pas.
   Eh, talaba, talaba…

Manba: parvoz.blogspot.com

16 января 2014

Globallashuv va internet.

 Nurjanova Hurliman
«Yosh jurnalistlar klubi» treneri
 QDU jurnalistika ta’lim yo’nalishi
 3-bosqish talabasi



“Globallashuv-bu avallo turmush
templarining tengsiz darajada tezlashuvi”
                                                                                               I.Karimov    
   Bugunning boshlanishi kechagi kunning xulosasi, va ertangi kunning rejalari  bilan bog’liqdir.    
Demak har qanday jamiyat rivojlanishi bu bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oladi. Masalan, tarixdan ma’lum:
- Xo’jalik davr(qadimiiy davrdan XVIII asr so’ngi)
-Industrial davr (XVIII asr so’ngi XX asr o’rtalari)    
-Post industrial davr XX asrdan yani bugungi kunimiz. Bugungi davrda eng kuchli boylik g’oya hisoblanadi. G’oya qanday shakillanish mumkin albatta, turli axboratlar orqali . Nemis siyosatshunoslarining fikricha “…Muhim axboratga egalik qilish hukimron bo’lishi demakdir, muhim axboratni muhim bo’lmagan axboratdan ajirata bilish esa yanada ko’piroq hokimiyatga ega bo’lishdir, o’z talqinimizdagi muhim axboratni tarqatish imkoniyatiga ega bo’lish mutloq hukmronlik alomatidir”
   Biz axborot  texnologiya asrida yashamoqdamiz. Davrning axbototga degan talabi kuchli. Shu o’rinda tabiyiy savol paydo bo’ladi, bu albatta bugun ritorik savolga aylanmoqda.
Savol, axborotning rivojlanishida eng asosiy faktor bu?
Agar ovozga qo’yib aniqlagan holatta ham javoblarning 99% ni internet javobi tashkil etadi.  XV asrda bosma stanok, XX asrga kelib zangari ekran tufoni yangilikka aylangan edi.
XXI asrga kelib dunyo chegaralarini ochishdek qudratga ega bo’lgan internetning kirib kelishi bu katta imkoniyatilar eshigini ochdi. Natijada “globallashuv” degan termin so’zni tilimizga qo’shdi. Bu haqida  prizidentimiz I.Karimov “Yuksak madaniyat yengilmas kuch” asarida “Globallashuv jaroyani turmushimizga borgan sari tez va jadal tarzda kirib kelayotganligining  asosiy faktori va sababi bo’yicha aytganda, shuni obiektiv tan olish kerak-bugungi kuni har qanday mamlakatning progressi va rivoshlanishi faqat yaqin va uzoq qo’shnilarga emas, jahon hajmida boshqa region va hududlar bilan shunday zich bog’lanib bormoqda, birdan-bir mamlakatning bu jaroyandan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”
Globallashuv xaliqlarning iqtisodiyoti, manaviyati xalqlar orasidagi o’z-aro bog’lanishni kuchaytirish va bir holatga tenglashishi.  Demak,  bu iqtisodiyot madaniyat, manaviyat kabi turli sohalarining tenglasishi albatta bir-biriga tasir etmay qolmaydi.  Tanganing ikki tarafi bor deganlaridek axborot sohasida ham globallashuv ijobiy va salbiy taraflarga ega.
OAV tizimi misolida fikr yuritsak, internetga material joylashtirgan muallif jamiyatlik fikrni qay darajada uyg’ota oldi, kim qanday qabul qilganligini shu zahoti internettagi sharhlar orqali bilishi mumkin. Hozirgi davrda internet gazetalar ham mavjud Gazeta.uz, interfutbol.uz va bosma gazetalarning shaxsiy saytlari mavjud.  Saytlar  orqali bir soat hattoki 10 daqiqa oldin bo’lib o’tgan voqeani bilish yoki bir joyda o’tirib materalimizni tegishli saytlarga joylashtira olishning ahamiyatli tarafi bu operativligidir. Inernetning oudutoriyasi sheklanmagan dunyo fikrni uyg’ota oladigan materialga okeanning narigi  tarafidagi o’quvchi yoki kuzatuvchi fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega.
  2007-yil 15-yanvardan qanun asosida OAV sifatida internet saytlarni ro’yxatdan o’tkazish  boshlandi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 200 dan ortiq web saytlar davlat tizimidan o’tgan. Bu albatta oz sonni tashkil qiladi.
Tanganing ikkinchi tarafiga nazar tashlasak boshqa turli “zamonaviy” saytlar ham mavjud.  Internetga sepilgan urug’ hosiliga har kim har xil fikr bildiradi, har xil hazm qiladi.
Saytlarga materiallarni gazeta yoki jurnal tahriytati darajasida tahrir qilinmay joylashtiriladi. Natijada turli g’oyalarni o’zida jalb qilgan materiallar jamiyatga  ta’sis etiladi.
Har bir sayt administratorlari saytga joylashtiriloyatgan materillarni, ijodiyotlarni tahrir qila olish, tuzatishdek qobiliyatga ega bo’lish kerak. Bu axborat sohasida milliy xavfli ishlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega. 
O’zbekiston xalq yozuvchisi O’ Hoshimov “Globallashuv butun dunyoda  ro’y berayotgan ortga qaytmaydigan jarayon. Boshqa mamlakatar qatori biz uchun ham benihoya zaruriy bag’oyat foydali jarayon  lekin u bir yoqlama bo’lmasligi kerak. Globallashuv milliy uzlikni yo’qatish degani emas” deb ta’kidlab o’tadi.
   Demak biz bir yoqlama o’ylamay internetdagi har bir materialni ongimizda elakdan o’tkazishimiz (filtr) kerak.
    Xulosa qilib aytganimizda internet shaxmat kabi oq va qora katakchalardan tashkil topgan. Undagi toshlarni kim qay tarafga yurishi va g’oliblikni qo’lga kiritish uchun aql va mantiqga suyanch talab qilinadi.
  OAV tizimi web saytlari qatorida yananda manaviy boylik qazinasini to’ldiradigan saytlar yaratishni va ezgu g’oyani maqsad qilgan materiallar joylashtirilsa biz fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi  ma’rifat bilan kurashgan bo’lamiz. Bu esa O’zbekiston internet saytlarining jahon media makonida o’rnini topish yo’lida haqiqiy maktab vazifasini o’taydi.

parvoz.blogspot.com

09 января 2014

TANISIW


Hu’rliman Nurjanova
«Yosh jurnalistlar klubi» treneri
Berdax nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti, jurnalistika ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi.





Ko’shede ja’miyetlik orınlarda, ulıwma qaysı bir orında bolman’ biytanıs adamdı ushıratsan’ız birinshi sa’wbetti a’lbette tanısıwdan baslaysız.

Biytanıs adamg’a beriletug’ın birinshi soraw???

Hesh oylanbay atın soraysız. A’lbette sa’wbetti atın sorawdan baslap bazı waqıtlarda atının’ ma’nisinde soraysız. Al, keyinirek ma’deniyatlılıq penen sa’wbetti dawam ettirin’.

Ma’selen, erkek ha’m hayal adam tanıspaqshı. Tanısıw paytında da’slep er adam o’zin tanıstırg’anı maqul.
Eger er adam hayal adamnan u’lken bolsa hayal o’zin birinshi tanıstıradı.

Siz dostın’ız benen seyil etip ju’rgenin’izde basqa tanısın’ızdı ushıratıp qalsan’ız, olar tanısıwdı qa’lemese, olardı tanıstırmag’anın’ız maqul. Hayal-qızlar keshelerde tanısqan adamların keyinirek tanıs dep esaplawg’a ma’jbu’r emes.

Jan’a jumıs ornına barg’anın’ızda qalay tanısıw kerek???

Da’slep basshı adam jan’a jumısshını tanıstıradı.Bul onın’ wazıypasına kiredi. Eger sizdi basshı lawazımına qoysa, sizdi orınbasarın’ız ya’ki ja’rdemshin’iz tanıstıradı. Da’slep, atın’ız, familiyan’ız ha’m jumıstag’ı lawazımın’ız tanıstırıladı.

Jaqın dostın’ız ya’ki tanıs adamın’ızdı ja’miyetlik jerlerde, jıynalıs, ushırasıwlarda tanıstırıp atırg’anda “bul menin’ dostım” degen so’zlerdi aytpag’anın’ız maqul.Sebebi, bul basqalardın’ renjiwine alıp keledi.

Bazıda o’zin’izdi tanıstırıwg’a tuwra keletug’ın payıtlarda boladı. Sonday jag’daylarda en’ a’wele keshirim bildirip, keyin o’zin’izdi tanıstırın’.

Yeger de siz bir tanısın’ızdı shan’araq ag’zaların’ız benen tanıstırmaqshı bolsan’ız birinshi ata-anan’ızdan baslan’.

Qol berip sa’lemlesken payıtta…

Ko’binese jan’a tanıslar tanısıp bolg’annan son’, qol berip ko’risedi. Kimge tanıstırılsa, ol birinshi bolıp qol uzatadı. Stol u’stinen qol berip ko’rispegenin’iz maqul.Tek g’ana bas iyip qoyın’. Tanıstırılg’an adamlardan jası u’lkeni birinshi sa’wbetti baslaydı.

Ulıwmalastırıp aytqanda, tanıstırıw ha’m tanısıw waqtında jıllı ju’zlilik penen jaqsı mazmunlı sa’wbette bolın’.
Sonda g’ana siz oylag’an maqsetin’izge erisiwin’iz mu’mkin.

Manba: parvozblogspot.com

05 января 2014

РОМАНТИКА

Козлеримди жумып кыял суремен,
Сонда кыялларм узилип жерден,
Колымнан услады бир жигит менин,
Деди ол коп куткен шахзоданман мен.

Кол усласп котерилдик аспанга,
Бултлар устинде валс ойнадык,
Телмирип кол узбей бир-биримизден,
Куаштын батыуын сезбей-ак калдык.

Тун гоззал, аспанга шыкты жулдызлар,
Айда кулип багар саулесин шашып,
Жулдызлар безеди ак койлегимди,
Екеуимиз айттык бир шадлы косык.

Сонда жулдыз ушт тиледим тилек,
Илайым барлгы онгим болсын деп,
Ол айтты «Мен еле келемен жаным»,
А кат минип бирак, сен мени кут тек.

Кандай жагымлы булл романтика,
Исене басладым мен мухабатка,
Енди мен кутемен омирим бойы.,
Алып кетер сол шахзодам ак атта.

МИЙРИГУЛЬ ТУРЫМБАЕВА
«Yosh jurnalistlar klubi» a’zosi
Manba: parvoz.blogspot.com

03 января 2014

Jaslardan jaslarg’a…

          Biz g’arezsiz ulli jurt perzenlerimiz.
Ma’mleketimizde jaslarg’a degen  isenim ,itibardi  olarg’a jaratilg’an imkaniyatlar shen’berinde ko’rsek boladi. Bul olardin’ bilim da’rejelerin  asirip, jetik qaniyge bolip, ja’miyette o’z ornin tabiwg’a iytermeleydi - desek asira aytqan bolmaymiz . Usinday imkaniyatlardin’  biri Qaraqalpaq mamleketlik universitetinin’ Qaraqalpaq  filologiyas ,,Jurnalistika’’ qa’niygeligi  Kamolat JJH baslang’ish sho’lkemi  ha’m  basqada   sho’lkemler  menen birgelikte  jas do’retiwshilerdi  qollap quwatlaw   olardin’  do’retpelerin  juzegeshig’ariw bag’darinda islenip atirg’an jumislarg’a diqqatlanadi.  2012-jil yanvar ayinan baslap ,,Jas jurnalistler’’  klubi islep tur .  Trenerler jurnalistika qaniygeligi 3-kurs studentleri  Furxat Yusupov, Xurliman Nurjanova,  Gu’ljahan Seynazarovalar ha’r ha’ptenin’  sa’rshenbi ku’ni seminar trening o’tkeredi. Bul klubta  jaslardin’ erkin pikirlew , olardin’  bilimlerin asiriwda  respublikamiz GXQ  haqqindag’i mag’liwmatlar , gazeta betlerinde ham radioda o’zlerinin’  a’meliy bilimlerin , ta’jiriybelerin  jetilistiriw  ushin u’lken imkaniyatlar mektebi boldi . Usinday klublardin’ sho’lkemlestiriliwi, a’lbette, alg’isqa ilayiq. Bugingi ku’nde biz  kasibimizdin’  jetik  mamani  bolip ertengi ku’ngi jaslarg’a tuwri  ta’lim bag’darin ko’rsetiwimiz o’z    bilim  ta’jirebelerimizdi  rawajlandiriwimizda klubtin’ tutqan orni a’hmiyetli.Hu’rmetli jaslar sizlerdi ha’r birin’izdi fakultetimiz janinda  sho’lkemlestirilgen ‘Jas jurnalistlar’ klubina ag’za boliwg’a shaqirip qalamiz.

To’reshova Sarbinaz
«Yosh jurnalistlar klubi» a’zosi
Manba: parvoz.blogspot.com

MENIN’ ABAT MA’HA’LLEM


To’reshova Sarbinaz
QDU Jurnalistika ta'lim yo'nalishi, 1-kurs talabasi
«Yosh jurnalistlar klubi» a’zosi

   Watan shan’araqtan baslanadi. Insan o’mirinin’ mazmunin onin’ ja’miyettegi orni belgileytug’in a’hmiyetli faktorladin’ biri shan’araq. Ol ma’mleket ishindegi kishkene ma’mleket  bolip ko’z aship ko’rgen dargay. Al ma’ha’llemiz biz jasap atirg’an makan watan ishindegi kishkene watan. Ko’she turg’inlarinin’  shan’araq ag’zalarinday awiz birshilik penen jaslar tarbiyalaw ulken a’hmiyetke iye. Ha’zirgi ku’nde   ma’ha’lle turmisinin’ jaqsilaniwina ma’mleket ta’repinen   u’lken  itibar qaratilmaqta . Atap aytqanda , noyabr-dekabr  aylarinda o’tkerilip atirg’an  Makan puqaralar jiyin basliqlarin ha’m ken’esgoylerin saylawlar haqiyqiy huqiqiy demakratiyaliq puqaraliq ja’miyet quriwdag’I ha’reketler  sanaladi. Bul ilaj biz jasap atirg’an ma’kanda da awiz birishilik penen otkerildi.
Men  ,,Jiydeli baysin’’  puqaralar jiyininin’ jas ag’zasi sipatinda ma’ha’llemizdegi ha’r  bir  ko’shelerde  abadanlastiriw, tatiw birlikke bag’darlang’an is  ilajlardi  ko’rip biz  jaslarg’a ko’rsetip atirg’an bunday u’lgili islerden ruwhlanaman.

Manba: parvoz.blogspot.com

02 января 2014

Yosh jurnalistlar klubi To'rtkulda

"Yosh" jurnalistlar klubi tumanlarda ham o'z faoliyatini boshladi.  Klub a'zosi Sultanova Zulhumor 27-dekabr kuni To'rtkul tumanida ushbu klubga asos soldi va dastlabki seminar-treningni To'rtkul Tibbiyot Kollejida o'tkazdi. dastlabki treningda 15 nafar o'quvchi ishtirok etdi. Seminarda trenerlik vazifasini Sultanova Zulhumor bajargan bo'lsa, unga Shirin Jumazarova yaqindan yordam berdi. seminar yakunida kollej o'qituvchilari o'zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar.






Yusupov Furqat
Manba: parvoz.blogspot.com