14 февраля 2014

14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNIMI?!


   14-fevarl. Bu kunni ko’plab yoshlar «Sevishganlar kuni» sifatida nishonlashadi. To’g’risini aytadigan bo’lsam, o’zim bu kunni hech qachon nishonlamaganman (kamtarlik yoki manmanlikka yo’ymaysiz degan umiddaman), bu kun bilan bog’liq faqatgina bitta xotira bor. U ham bo’lsa kursdoshimning to’yi bo’lgan sana sifatida. Shu bois yosh tengqurlarimning bu kunni nishonlashlariga hech qachon qarshi bo’lmaganman. Biroq ayrim yoshlarning bu bayramni chegaradan chiqib ketgan holda nishonlashlariga qarshiman. Har narsada me’yor bo’lgani yaxshi. Ko’plab OAVda bu kunni nishonlash bizga to’g’ri kelmasligi haqida yozishadi, ko’rsatishadi. Uni har kim turlicha qabul qilishi ham bor gap.
   14-fevarl - «Valentin kuni». Nima uchun aynan shunday kun? Shu bois, bu kun tarixi bilan qiziqib qoldim. Lekin mazkur kun haqida aniq ma’lumotlar yo’qligiga amin bo’ldim. Muqaddas Valentin o‘zi kim? Katoliklar cherkovi Valentin yoki Valentinus nomi bilan eng kamida uchta avliyoni tan oladi, bularning barchasi mashaqqatli o‘lim topganlar. Birinchi rivoyatga ko‘ra, Valentin uchinchi asrda Romda ruhoniy bo‘lgan. Bir vaqtlar imperator Klavdiy II oilali va uylangan erkaklarga nisbatan uylanmagan erkaklarni eng yaxshi askarlar deb hisoblagan va potensial askarlar – yosh yigitlarga uylanishga ruxsat bermagan. Bunday adolatsizlikni tushunib yetgan Valentin Klavdiyga qarshi chiqib, sevishgan yoshlarni yashirin ravishda nikohdan o‘tkazishda davom etgan. Valentinning bu qilmishi ayon bo‘lgach, Klavdiy uni o‘limga mahkum etgan. Ba‘zi tarixiy rivoyatlarga ko‘ra, Valentin xristianlarga rim qamoqxonalaridan qochishda yordam bergani uchun qatl etilgan deb hisoblanadi. Yana bir Rivoyatga ko‘ra, Valentin birinchi «Valentinka» jo‘natgan deb hisoblaydilar. Qamoqda bo‘lganda, deyiladi rivoyatda, Valentin uni ko‘rishga kelgan qamoqxona nazoratchisining qiziga oshiq bo‘lib qoladi. O‘limi oldidan unga «sening Valentining» degan imzo bilan xat yozadi. Bu ibora hozirga qadar valentinkalarda qo‘llaniladi. Aniq bir tarixga ega bo‘lmasada, Valentin afsonalari tufayli O‘rta asrlarda Angliya va Fransiyada eng mashhur avliyo hisoblangan. Yana bir jafokash Valentin o‘zining tabiblik qobiliyati va taomlarga ishqibozligi bilan mashhur bo‘lgan, rivoyatlarga ko‘ra, u faqat mazali dorilar tayyorlagan. Uchinchi Valentin to‘g‘risida ma‘lumot juda kam, faqat uning Afrikada o‘ldirilgani ma‘lum. Ba‘zilarning fikricha, Muqaddas Valentin kuni fevral o‘rtalarida, taxminan miloddan avval 270 yilda Muqaddas Valentin o‘lgan yoki dafn etilgan kunni nishonlash va boshqalarniing fikriga ko‘ra esa, xristianlar cherkovi rimliklarning Lupersatia hosildorlik va tozalanish majusiylik bayramlariga yangi talqin berish maqsadida bayram qilishga qaror qilganlar deb ta‘kidlaydilar. Shu kuni barcha turmushga chiqmagan qizlar romantik she‘rlar yozadilar va ularni yagona bir idishda to‘playdilar, uylanmagan yigitlar esa ko‘zlarini yumib xatni idishdan oladilar. Yangi bunyod bo‘lgan juftliklar kelasi yilga qadar uchrashib yurganlar. Bu bayramda uylar tozalanib, tuz va bug‘doylar sochilgan. Xullas shunaqa.
   14-fevral. Shu kuni ko’plab sevishganlar ertalabdan bozorlarga, do’konlarga oshiqadilar. O’zlari yaxshi ko’rgan insoni uchun sovg’alar olishadi. Bu tabiiy xolatga aylanib ulgurgan. Shu kunga oid ba’zi bir statistik ma’lumotlarni ham keltirib o’tmoqni joiz deb topdim. Homiladorlikoldini oluvchi vositalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi Dureks (Durex) kompaniyasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, korxona maxsulotlari savdosi 14-fevral kuni 20-30% ga oshadi. Jahonda erkaklar 14-fevral kuni ayollarga nisbatan ikki barobar ko’p pul ishlatishadi. (Erkaklar o’rtacha hisobda $156 va ayollar $85 sovg’alar uchun sarflashadi.) Jahonga mashxur otkritka ishlab chiqaruvchi Holmark (Hallmark) qaramog’ida 80 kishilik ilmiy guruh doimo avvalgi yildagi 14-fevraldagi otkritkalar savdosini tahlil qilib o’tirishadi. Har yili dunyoda 6 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan bolalar 14-fevral kuni 650 million sovg’alar ulashishadi. Bozordagi ba’zi bir tanishlarimdan so’raganimda «Valentin kuni» ayrim bayramlarga nisbatan 2-3 barobar ko’proq savdo bo’lishini ta’kidlab o’tdilar. Yigitlar ko’proq yumshoq o’yinchoqlar, qizlar esa soat sovg’a sotib olishar ekan. Albatta, har yerda har xil. Har kimning o’ziga yarasha didi bor…
   14-fevral. Bu kun faqat «Valentin kuni» emas, balki buyuk bobokalonimiz, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni ham sanaladi. OAVda buyuk ajdodimizga tug’ilgan kunlariga atab o’tkazilgan tadbirlar keng yoritiladi. Ko’plab joylarda Bobur kuni keng nishonlanadi. Shaxsiy fikrimcha bu kunni bizda Bobur kuni sifatida nishonlasak nur ustiga a’lo nur bo’lgan bo’lardi.
   14-fevral. Men blogpostim orqali kimgadir maslahat berishdan yiroqman. Chunki hali maslahat beradigan yoshga yetganim ham yo’q. Vaqti kelib balki bu kunga atab boshqacharoq maqola ham yozarman. Ammo hozircha qo’limdan kelgani shu. Xo’sh siz nima deb o’ylaysiz, «Valentin kuni»ni nishonlash kerakmikan?

Yusupov Furqat
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

09 февраля 2014

DIQQAT TANLOV!

   «Yosh jurnalistlar klubi» chempionatiga marhamat. Tanlov 4-turdan iborat.
1-tur: 9-23 fevral
2-tur: 24-3 mart
3-tur: 4-10 mart
4-tur: 11-17 mart

   Har bir tur uchun alohida mavzuda maqola va hikoyalar qabul qilinadi. Birinchi bosqich uchun mavzu «Erkin mavzu» bo’lib, klub a’zolari 23-fevralgacha materiallarini klub trenerlariga elektron va qog’oz variantda topshirishlari mumkin.

BAHOLASH TARTIBI:
   Jami 5 ta hakamlar hay’ati a’zolari, ishtirokchilarning materiallarini ko’rib chiqishadi va 20 ballik tizimda baholashadi. Tur ya’kunida 5 ta hakamning qo’ygan baholari qo’shiladi va tur peshqadami aniq bo’ladi. Hakamlar nimalarga e’tibor berishadi.
-         Materialning dolzarbligi
-         Mavzuga mos fotosurat bilan berilishi
-         Muallifning dunyoqarashi, fikrlashi va tahlil qila olishi
-         Mazmunni qay darajada ochib bera olishi

G’OLIBLAR QANDAY ANIQLANADI?
   4-tur davomida ishtirokchilar orasida eng ko’p ball yig’gan ishtirokchi g’olib deb e’lon qilinadi. Shuningdek 2-3 o’rin egalari ham aniqlanadi.

G’OLIBLAR QANDAY TAQDIRLANISHADI.
   G’olib bo’lganlar «Kamolot» YIH tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek «Eng yaxshi maqola» va «Eng yaxshi hikoya» nominatsiyalarida ham g’oliblar aniqlanib, sovg’alarni qo’lga kiritadilar.

   Tanlovga qo’yilgan maqolalar klubning maxsus blogi va Respublikamizdagi gazetalarda e’lon qilinib boriladi. Har bir tur uchun kechikib kelingan materiallar qabul qilinmaydi.

Maqola yoki hikoya yozishga qiziqsangiz unda shoshiling! G’olib bo’lsangiz, sizni kutilmagan sovg’alar kutmoqda!


GAZETADA MAQOLA CHIQARISH PULLIKMI?

 

 Bugun juralistlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Respublikamizdagi gazetalarning muharrirlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuv juda qiziqarli kechdi deyolmaymanu, lekin bahs munozaralar menga yoqdi. Kutilmaganda bitta jurnalistimiz,  jurnalistika ta’lim yo’nalishi talabalari amaliyoti(praktika)dan qoniqmasligini aytib o’tdi. 3-4 ta jurnalistlar ham bu fikrni tasdiqlashdi. Keyin yana biri chiqib, jurnalist kadrlar borasida muammolar borligini ta’kidlab, talabalar redaksiyaga ko’pam boravermasliklarini aytdi. Yana bittasi esa talabalar kelsa bajonidil qo’llab quvatlashini alohida e’tirof etib o’tdi. To’g’risi bu bahs munozaralarga qo’shilgim, o’z fikrimni aytgim keldiyu, biroq… ko’pincha bunaqa uchrashuvlarda gaplarim ichimda qolib ketardi. Blogim esa meni bunday darddan ozod qildi. To’g’risi jurnalistlarimizning bo’lg’usi jurnalist talabalar haqidagi ayrim fikrlariga qo’shilgan bo’lsam ham, bitta gaplari yoqmadi. Talabalar redaksiyalarga kelisрmasmish?  
   Endi o’zimdan kelib chiqib fikr bildiradigan bo’lsaь, Nukusdagi 4-5 ta gazetaga maqola bilan bordim. Esimda eng dastlab «Ma’deniyat ha’m sport» gazetasiga material obordim. To’g’risi borganimga afsuslandim. O’sha payti 1-kursda o’qirdim. Gazeta hodimlari menga hali yosh ekansiz, bizda maqola chiqarishga ulgurasiz dedi. O’sha paytga kelib futbol gazetalarida 50 dan ortiq materiallarim chiqqan edi. Shu bois gazeta xodimining menga bo’lgan fikridan keyin, bu gazeta bilan ishlay olmasligimni angladim. Keyinroq yana 1-2 ta gazetalarga maqolalar oborgandim. «Xo’p, shu yerga tashlab ketaver, ko’rib chiqamiz», deb e’tibor ham bermay menga javob berishdi. Birinchilarida biroz ajablangandim, keyin esa ajablanishni istasam ham bunday qilolmadim. O’zbekiston bo’yicha chiqadigan gazetalarda maqolalarim chiqadi-yu, nega endi Nukusda chiqmaydi deb o’zimga o’zim savol berardim. Odatda sport mavzusida yozganim bois, balki ularga to’g’ri kelmasa kerak. Xullas kunlardan bir kuni ayrim kursdoshlarimizni taklifi bilan yana bitta gazeta redaktsiyasiga bordim. (Nukusda chiqadigan gazeta, nomini yozishni istamadim) Meni yaxshi kutib olishdi. Keyin savol-javob boshlandi. Redaksiyadagilarning gaplariga ko’ra, boshqa gazetalarda maqolasini chiqarolmaganlar, ushbu gazetada pul bilan o’z materiallarini chiqarishar ekan. Agar men ham ushbu gazetada maqolamni chiqarishni istasam, ularga yo pul to’lashim, yoki gazetalariga 1 yil obuna bo’lishim kerak ekan. Bu gaplardan keyin na yig’lashni, na kulishni bildim. Go’yo shok holatida edim. Keyin esa qo’limdagi materialni oldimda, u yerni tark etdim. Oldinlari men yozgan maqolalarim uchun qalam haqi olgan bo’lsam, endi o’zimizdagi qandaydir gazetada pul to’lab maqola chiqaramanmi? Yog’a, hech qachon. Shundan so’ng boshqa redaksiyalarga bormayman deb, o’zimga o’zim so’z bergandim. Bo’lib o’tgan voqealarni 1-2 ta tanishlarimga aytganimda ular, hech narsadan ajablanishmadi va bu odatiy hol ekanligini aytishdi. Ayrim do’stlarim esa maqolalarini gazetada chiqarish uchun «yuqori»dagi tanishlariga aytishganidan so’nggina materiallari chiqar ekan. Bu gaplardan keyin esa hayrat degan ko’chalarning tubiga tushib qoldim. Naxotki, Nukusdagi ayrim gazetalarda maqola chiqarish uchun ham tanish bilish yoki pul to’lash kerak bo’lsa? Bilishimcha men kabi, ayrim redaksiyalarning ostonasidan shu kabi gapni eshitib qaytgan yosh jurnalistlar yetarlicha topiladi. Endi aytingchi, shunday muomaladan keyin, birorta gazetaning redaksiyasiga borishni kim ham xohlar ekan?
   Bu gaplarim ko’plab muharrirlarning noroziligiga sabab bo’lishi mumkin. Biroq, men zerikkanimdan yoki boshqa sababdan emas, o’zimning praktikamda uchragani uchun ham ushbu fikrlarimni bayon qilishni istadim. Salomat bo’ling…

P.S: Maqolada Nukusdagi ayrim gazetalar haqida fikr yuritilgan

Yusupov Furqat
«Yosh jurnalistlar klubi» treneri
Manba: furqatyusupov.blogspot.com

02 февраля 2014

ASPANNAN QO’YILG’AN BA’HA

   Qis ayinin’ suwiq kunleri adamdi erinshek etip, ayazli samali denen’di shimirtip ton’diradi. Qisqi dem alistan son’ oqiw baslanip mektep oqiwshilari oyi ele oyin kulkide. Sol qatari menin’de oyim dalada. Oqiw baslandi. Ku’ndegidey  sabaqlar izbe–iz bolip  atir.  Mug’allimlerge de hayransan’. Tap oqimay barg’an ku’ni sennen soraydi. Barliq sabaqlardan kitap da’pterimdi aldipda barg’an edim, qirsig’ina matematika pa’ninen tayarlanip barmag’anim, ustine dapterimdi de umitip qaldirg’an ekenmen. Uyqim kelip, ko’zimnin’ aldi tinip, ale neler oyima kelip, aspanda uship jurmen. Bir waqitta mug’allim menin’ familyamdi oqip qalsa bola ma?  Uship ornimnan turdim.
-          Qa’ne, uyge tapsirmani orinladin’ba?
Biraz undemey turdimda : - Yaq, -dep juwap berdim.
     Mug’allim menen sebebin sorag’anda, undemey basimdi to’men qaratip tura berdim
-         Ne ushin tayarlanbadin’ –dep sorawg’a tutti.
-         Ne ushin tayarlanbadin?
 Bir waqitta ta’rtipke shaqirip  bolg’an son’: -Men sag’an bahani aspannan alip qoyaman ba? –dedi. Ele basim to’men qarag’an turiwimda qatip turman. Otir degende g’ana basimdi koterip orinma a’ste otirdim. Waqit o’tpey, qon’iraw basilmadi dep, ko’zimdi uqalap qoyaman. Aytewir qon’iraw basilip, shug’irlasip shig’a basladiq. Aradan eki ku’n o’tip, ja’ne matematika pa’ni mug’allimi klassimizg’a kirip keldi. Bul ret barliq tapsirmalardi orinlap bardim. Qolimdi ko’terip ‘’ mug’allim men shig’ayin’’ dew menen qolimda taldi. Ornimda bultiyip otirsam mug’allim  ‘’ne boldi onsha, qabag’indi uyip?’’ –dep, soradi. Ornimnan  turip’’ tayarlanip kelip edim siz basqalardan sorap, menen soramadin’iz’’ –dep, juwap berdim . Sonda ‘’senin’ bahan’ bar’’ –dedi. Hayran qaldim. Ya mug’allim aljasti, ya menin’ qulag’im. Keshe g’ana joq degen edi , al   bugin minanday, tusinbedim?? Sol ku’ngi sabaqlar juwmaqlang’annan son’ joram menen u’yge qaytip baratirip oylanaman: sonda mugallimleridin’ aspannan alip qoyaman ba, degeni  ras bolip tur ma? Yaq-yaq dep, o’zime isenbey aspang’a qarap  qoyaman. Joramnan  sorap ko’reyin dep onnan soradim:
-         Sen mug’allimlerdin’ bahani aspannan alip qoyadi degenine isenesen’ be?
Oylanip turdi da: ‘’qoysa qoyatin shig’ar’’ –dedi.
U’yge jetemen degenshe oylanip keldim. Aradan eki ku’n o’tip,  ha’ptenin’ son’g’i ku’ni bizge u’shinshi ma’rte matematika pa’ni boliwi kerek. Men oqiwg’a tayarlanbay keldim. Sabaq baslandi mug’allim sabaq sorap  basladi. Mug’allimlerde bir sir bar.  Nege endi tayarlanbay kelgende sabaq soraydi? Ekinshi ma’rte de usinda boldi. Kutilgendey  mennen soradi ‘’yaq tayarlanbadim ’’ –dep, juwap berdim.  Endi baqirmaqshi bolg’anda , mug’allim ilaji bolsa, buginda bahani  aspannan alip baha qoysan’iz jaqsi bolar edi  da  - dedim. Klasslas doslarim ba’ri kulip jiberdi. Qani’raw qag’ilg’anda  mug’allim: -  aziz oqiwshilar, aspanda baha tawsilip qag’an. Endigiden bilay bahani sizlerden alip qoyaman –dep, kulip  shig’ip ketti.  Sol ku’nnen baslap barliq sabaqlarg’a puqta tayarlanip baratug’in boldim. Endi klasslas doslarim matematika sabag’inda ‘’Aspannan baha kerek emes pe? ‘’- dep, ha’zillesip qoyadi. O’zin’izge baha berin’.


Sarbinaz Tureshova
QMU jurnalistika qaniygeligi I kurs  studenti
«Yosh Jurnalistlar Klubi» a’zosi
Manba: parvoz.blogspot.com

Ярамазанды бизнеске айландырмайық.


                                                     
           Өз тарыйхын   билмейтуғын, кешеги  күнин умытқан миллеттиң  келешеги жоқ.      
                                И.Каримов.


Ҳәр қандай елдиң миллеттиң миллий мәденияты тарыйхы, салт-дәстүрлери сол халықтың басқа халықлардан миллий озгешелигин белгилейди. Сондай-ақ, халықлардың терең тамырларға барып тақалатуғын әдебият деп аталған айнасыда  миллеттиң ҳақыйқый келбетин, дәстүрлерин ҳәттеки халықтың минез қулқында қөрсетип бере алады. Сонлықтанда өзбек әдебиятының қөрнекли ўәкили Шолпан “Әдебият жасаса миллетте жасайды” деген даналық гәпти айтып өткен.
      Бизиң қарақалпақ әдебияты мине нешше мың жыллардан берли әсирден-әсирге әўладдан-әўладқа жетип раўажланып келмекте. Ең әййемги дәўирлерден бизге шекем жетип келген сөз ғазийнеси саналған фолклорымызда қарақалпақ әдебияиында тутқан орны айрықша. Қ.Мақсетовтың 1996-жыл шыққан  “Қарақалпақ халқының қөркем аўызеки дөретпелери” атлы мийнетинде фолклорымыздың бир нешше түрлерге бөлиниўин үйренип шыққанымызда әсиресе балалар ушын фолклордың әҳмийети үлкен екенлигин сезиниўимизге болады. Себеби  қосықлар,  жумбақ жаңылтпаш нақыл-мақаллар ҳәм ертек әпсаналар балалардың руўхый дүнясының кеңейиўынде сонай-ақ  пикирлеў дәрежесиниң жоқары болыўына түртки болары анық. 
    Усындай мийрасларымыздың бири бүгинги күнге шекем жетип келген “Ярамазан” қосығы.  Әдебиятларда келтирилип өткениндей ярамазан тийкарынан ислам дини мәрәсимлерине арналған диний қосық. Оның түп мақсети мусылманлар байрамы “Қурбан ҳайт ” ҳүрметине ислам дининиң шәртлерин нәсиятлаўшы ҳәм пайғамбарларды мақтаўға арналған.
         Бул  қосық ҳәр дәўырге сай түрде өзгерип айтылған. Деген менен оның тийкарғы мақсети ҳәм ўазыйпалары жоқарыда келтирип өткенимиздей ислам дини шәртлерин түсиндириў сол тийкарда шаңарақларға тилеклер айтып, ҳүрмет иззет қөрсетиў  есапланады.  Мәселен,

                 Ярамазан айта келдим есигиңе,
                 Қошқардай ул берсин бесигиңе,
                 Тағысын тағы берсин несийбеңе,
                 Муҳаммед үмметиңе ярамазан.

Бүгинги дәўиримизге келипте ярамазан кишкене балаларымыз тәрепинен ҳәр жылы белгиленетуғын Ораза ҳайт” “Қурбан ҳайтбайрамларында шаңарақларға айтылып келмекте.
    Бирақ олардың айтқан қатарларына итибар менен қулақ түрсек оның түп мазмуны жоғалып кеткендей сезиледи яғный динди мусылманшылықты, пайғамбарларды нәсиятлаўшы сөзлерди ушыратпаймыз.
 “Заманагөй ярамазан” лардың мазмунын балалардың өзлериде тўсинбейтуғын биймәни тўсиниксиз сөзлер қурайды.
  Ҳақыйқаты олардың тийкарғы мақсети сол шаңараққа тилек билдириў яки динди ҳүрмет етиү емес керисинше  бир еки аўыз сөз қурап  “заманагөй ярамазан” арқалы пул табыў. Мәселен,
      
                     Ақ ақ ақтан келдим,
                     Шымбайский жақтан келдим,
                     Ақша берсең үйип бер ,
                     Тийин берсең түйип бер,
                     Ақша берсе ярамазан.

    Сондай-ақ, ярамазанды таң азаннан баслап айтып келиўиде надурыс.  Өйткени кеш қурын айтылыўы ҳәм дус келген үйлерге айтпастан тийкарынан дайы тәреплерге ҳәм қурдаслары үйлерине айтылыўы керек екен.
    Ярамазанның және бир шәрти сыйлық бериў. Сыйлық ҳәр бир айтыўшыға бериле берместен оның сөзине мәнис мазмунына қарай берилген.
Биз егерде ҳәзиргидей мәниссиз ярамазан айтыўшыларға кеўлиң толмай сыйлық бермесең
                             Асың асың асыңа
                           “бомбы” түссин басыңа
Усы сыйақлы кеўилсиз гәплерди айтатуғынларында ушыратамыз.
 Бул қандай тилек ҳәм ҳүрмет иззет,???

   Ал базыда кишкене балалардың кеўлин шөктирмеў мақсетинде сыйлық
берсең олар тилек билдириў қатарларында билмейди. Ең аянышлысы алған
пулға таласып ҳәттеки мушласып атырғанларғада гуўасы боламыз.
   Биз бундай жағдайларға итибарсызлық пенен майда машқала сыпатында қарамаўымыз керек.
    Өсип киятырған жас әўдәдларға өтмиш тарыйхимизды, фолклорымыздың  тарбиялық  әҳмийетин түсиндириў ислерин ата-аналар мектеп тәлим тәрбия орайлары пүткил жәмәәтшилик еледе жеделлестирип итибар иенен алып барсақ мақсетке муўапық болар еди.
   Призидентимиз “Жоқары мәнаўият жеңилмес қүш” атлы  мийнетинде келтирип өткениндей “Биз халқымиздың дүняда ҳеш кимнен кем  болмаўы , перзентлеримиздиң бизденде қөре күшли билимли, дана ҳәм әлбетте бахытлы болып жасаўы ушын бул бойынша руўхый тәрбия мәселеси ҳеш гүмансыз теңи жоқ әҳмийетке ийе болады. Егер биз бул мәселеде сергеклик ҳәм сезгирлигимизди, табанлылығымыз ҳәм жуўапкершилигимизди жоғалтсақ бул оғада әҳмийетли жумысты өз ҳалына таслап қойатуғын болсақ муққаддесқәдирятларымызға суўғарылған ҳәм олардан азықланған рўўқый дүнямыздан тарыйхый өтмишимизден айрылып, ақыр ақыбетинде өзимиз умтылған улыўма инсаный раўажланыў жолынан шетке шығып қалыўымыз мўмкин.  
  Демек, ата-бабаларымыздан бизге шекемжетип келген салт дәстүр жырларымызды фолклорлық шығармаларымыздың тийкарғы идея ҳәм мазмунын келешек әўладқа тәрбийалық тийкардағы  баҳалы байлығымыз сыпатында сап қәлпинде жеткерейик.
Мәнәўиятты қалиплестирийде тийкарғы күш әдебиятты тарыйхты үйрениўден басланады.                     

Nurjanova Xurliman
QDU Qoraqalpoq filologiyasi fakulteti, jurnalistika talim yonalishi talabasi.
«Yosh jurnalistlar klubi» treneri
Manba: parvoz.blogspot.com
  


Жақсылар

Жүзиңизден меҳир нуры  төгилер,
Сиз күлсеңиз бағда  ашылар гүллер.
Аспанымнан  илҳам суўы тамшылар,
Жүрегиме жақын болған жақсылар.

Сиз дегенде  шадлык, йошым кернейди,
Дәрьялардың  суўы толып липлейди,
Жас  кеўлимди  қәтержамлық бийлейди,
Жүрегиме жақын  болған жақсылар.

Бийтап болсам  хабар алар қайғырып,
Қыйын демде  жәрдем берер жуўырып,
Керек болса  канын  болисер,  келип,
Жүрегиме жақын болған жақсылар.

Биреўлери  бағ  дөретип  әжайып,
Мийуесин бизлерге калдырган,  жыйып,
Жакты жулдыз, жаксы  атка  ылайык,
Жүрегиме жақын болған жақсылар.

 Биреўлери маған ҳәрип оқытты,
 Биреўи дос болып қолымнан тутты,
 Барлығы йош берип, қосық тоқытты,
 Жүрегиме жақын болған жақсылар.

Oteniyazova Gulzada
QDu Jurnalistika ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi
«Yosh jurnalistlar Klubi» a’zosi
Manba: parvoz.blogspot.com


Балалық

Жыл артынан жыллар дизилип,
Шынжырланған күнлер өтеди,
Кетпектесең қалбден үзилип,
Мени жаңа өмир күтеди.

Шаңарағым босағасында,
Сениң айдай елеслериң бар,
«Қаттыағар»дың кең жағасында,
Гүллер питкен жүрислериң бар.

Анажаным аппақ көксинде,
Еркелеген күнлериң қайда?
Қуўанысып апа-сиңлилер,
Апақ-шапақ күлгениң қайда?

Миннетдарман сендеги алған,
Таза-таза нәпесим ушын,
Шийрин түс болып ядымда қалған,
Аппақ-аппақ елесиң ушын.

Миннетдарман сеннен, Балалық,
Кеўлимди ҳақ еткениң ушын,
Қапалыман сеннен, Балалық,
Мени таслап кеткениң ушын.

Oteniyazova Gulzada
QDU Jurnalistika ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
«Yosh jurnalistlar Klubi» a’zosi
Manba: parvoz.blogspot.com