19 января 2014

SHPOR HAM ILMIY ISH

Sultanova Zulhumor
QDU Qoraqalpoq filologiyasi fakulteti, Jurnalistika t’alim yo’nalishi 3-kurs talabasi

Talabalik oltin davrim,
Endi bo’lmas also g’amim,
Yurakda qolmadi kamim,
Mana mening sehirli sozim.

   Ma’lumki, talabalik davri o’ziga xos eng bir qiziqli voqealarga to’la davr. Talaba kim? U dono, u qiziquvchan, u berparvo, u isrofchi, u tejamkor, u hushyor.
   Inson o’zining eng baxtli onlarim, oltinga teng damlarim – talabalik vaqtlarim deb hisoblaydi. Albatta, bu bejizga emas. Talabalik besamar ketmas.
   Qishki sessiya yaqinlashyapti. Har bir talaba ilmiy ish ustida – degan xabarlar kelmoqda. Ustozlarimdan biri qaysidir olimdan eshitgan gapini bizga ham aytib berdilar – SHPOR ham bir ilmiy ish ekan. Shporlarning turlari juda xilma xil, xar bir talabaning ishni yangi kashfiyotga teng. Misol uchun ko’plab talabalar SHPOR bilan imtihonga kiradi. Shpor tayyorlash uchun esa kechalari uhlamay tayyorlanadi. Ahir imtihondan yahshi o’tish kerakda. Shunday qilib dars davomida o’zlashtirilmagan darslarni o’qiydi. Ustozi o’rgatganlariga amal qilmagani uchun afsuslanadi. «Endi o’qish boshlangandan o’qiyman» deb ahd qiladi. Chaqirilganda ham kelmagan talabalar endi ustozini o’tadigan ko’chasigacha bormoqdalar. Juda qiziq-a? Belni mahkam boyla talaba…!
   Imtihonga kirganda yuraklarda hayajon. Ustoz ko’zi boshqa joyga tushsa qo’llar stol tagida, biron joyga chiqsa etiklardagi shporlarga navbat keladi. Qish juda yaxshi fasl ekanda, ayniqsa talabaga. Birinchi imtihondan keyin yana tayyorgarlik. Kechasi uyqu yo’q, kunduzi tinim. Soat 18 gacha kutubhonada. Yalinib yolvorib kitob izlaydi.
   Darslar o’zlashtirildi, tayyor imtihonga. O’qidi, izlandi, berilib butkul. Qo’liga olmadi hattoki telefon. Agent qoldi bir taraf, imtihon asosiy sabab. Kitoblar tushmas qo’ldan, hech bo’lmaganda yostiq tagidan kirib qolsa zora kallaga. Yasha talaba, o’qish shunday bo’ptida. Bilgan sari bilgisi kelar, o’qigan sari o’qigisi kelar, o’rganganin juda kam bilar, mana haqiqiy talaba.
   Darsda hech tinch o’tirmas edi. Kafe, barlarda yaxshi yurardi. Endi imtihon bo’lur armon. Ota-onasin eslasa har on. Imtihondan yiqilsa bo’ladi vayron. Yana-yana tayyorgarlik, o’qish-o’qish kerak va yana o’qish. Imtihonlar yaxshi o’tdi. Talaba beshlikka ildi. Ertasiga yana dars. Talaba aytar tura tursin bir pas.
   Eh, talaba, talaba…

Manba: parvoz.blogspot.com

1 комментарий:

Анонимный комментирует...

Non ГЁ chiaro
indianaKi bb4arg48
http://www.trashwithcash.us/showthread.php?tid=1242158
http://www.hostfibblan.se/pun/viewtopic.php?pid=247771#p247771
http://mengcunwang.com/forum.php?mod=viewthread&tid=453571&extra=
http://www.mobilecampsites.com/forum/viewtopic.php?f=6&t=3574106
http://cherepovetz.i-d-web.com/forum/viewtopic.php?pid=58866#p58866
http://kyleandchase.com/RoyalFactions/forums/index.php?topic=76197.msg76993#msg76993
http://www.coopelia.com/forum/viewtopic.php?f=3&t=45510&p=58391#p58391
http://kyleandchase.com/RoyalFactions/forums/index.php?topic=74401.new#new
http://xn----13-53dwcf1akj7fei.xn--p1ai/forum/viewtopic.php?pid=630#p630
http://www.forum.woodgoods.com.ua/viewtopic.php?f=26&t=19961
http://www.footlotus.com/bbs/forum.php?mod=viewthread&tid=1112226&extra=